
Kelasi mavsum EChLda o‘ynaydigan "Xoffenxaym" o‘z safiga gollandiyalik himoyachini qo‘shib oldi
Eyndxovenning PSV klubi himoyachisi Joshua Brenet faoliyatini "Xoffenxaym"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli gollandiyalik futbolchi nemis klubi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning transferi esa 5 mln evroni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, Brenet asli PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joshua ushbu vaqt orasida jami 150ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsum "Xoffenxaym" Bundesliganing bronza medallarini qo‘lga kiritdi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar