Kellini "Yuventus"dan nima kutmoqda?

  • 24 iyul, 2021, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini "Yuventus" safida yana ikki mavsum o‘ynamoqchi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli tajribali futbolchi “keksa sinora” rahbariyatidan yangi shartnoma kutmoqda. Aytish kerakki, Kellinining “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi joriy yil 31 iyun kuni o‘z nihoyasiga etgan va u 1 iyuldan buyon erkin agent hisoblanadi.

Kellini  2022 yil Qatarda bo‘ladigan mundialda ham ishtirok etmoqchi va shundan so‘ng faoliyatini yakunlashni reja qilgan.

Jorjo Kellini "Yuventus" safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!