
Kerak bo‘lsam, Tuxel aloqaga chiqsin!
“Chelsi”da himoyachilar bilan bog‘liq muammo ko‘zga tashlanayotganidan keyin “aristokratlar” mavsumni ijara asosida “Xaddersfild” jamoasida o‘tkazayotgan Levi Kolvillni yanvarda ortga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Ta’kidlanishicha, yosh himoyachi jarohat olib safdan chiqqan Ben Chiluell o‘rnini egallash uchun “Chelsi”ga chaqirtirilishi mumkin ekan.
Futbolga ixtisoslashgan Football London mutaxassislari futbolchi bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdi.
- Ijarada o‘ynashni “Chelsi”ning asosiy tarkibiga olib boradigan va men bosib o‘tishim shart bo‘lgan yo‘l, deb bilaman. Bu erda hamma narsa o‘zimga va mavsumni qanday o‘tkazishimga bog‘liq. Agar men mehnatdan qochmasam, omadim chopib, maqsadimga erishishim mumkin. Men sekin-asta yuqori darajada o‘ynashga tayyorlanib boryapman. Hozir esa, bor e’tiborimni “Xaddersfild”ga qaratganman, - dedi Leki Kolvill.
Bu masalaga Ben Chiluellning davolanish muddati ta’sir o‘tkazadi. Agar futbolchi yanvarda safda qaytadigan bo‘lsa, Levi Kolvillni qaytarishga hojat qolmaydi. Biroq, Ben Chiluell jarohatidan qutilish uchun operatsiya qilinishi mumkin. Agar masala shu tomonga og‘sa, Kolvill asosiy jamoaga qaytariladi.
Fikrlar