Kerrik: "Futbolda g‘alabani kafolatlab bo‘lmaydi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik futbolda gʻalabani oldindan kafolatlash mumkin emasligini taʼkidladi.
Mankunianliklar soʻnggi turda "Tottenxem"ni 2:0 hisobida magʻlub etib, ketma-ket toʻrtinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Ushbu uchrashuvdan keyin Kerrik: "Barcha toʻrt oʻyin bir-biridan farq qildi. Men bu yerda oʻtirib, “Hammasi ajoyib, biz sirni topdik”, deb oʻylamayapman", — degan edi.
44 yoshli mutaxassisdan ushbu fikrlariga izoh berish soʻraldi.
"Gʻalaba hissidan zavq olish kerak, biz aynan shuning uchun shu yerdamiz.
Doimo befarq boʻlib boʻlmaydi, his-tuygʻular toʻlqinini his qilish kerak. Aks holda, barchasi zerikarli va maʼnosiz boʻlar edi, chunki barchamiz oʻyinlarda gʻalaba qozonishga intilamiz.
Eng katta qiyinchilik — bu natija ortida qanchalik ogʻir mehnat va tayyorgarlik yotganini anglashdir.
Bu darajada futbol uchrashuvida gʻalaba qozonish juda qiyin. Shuning uchun keyingi oʻyinda hammasi yaxshi boʻladi, deb hech qachon oʻylamaslik kerak", — dedi Kerrik.
Fikrlar