Ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiyaning kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

  • 03.04.2026 00:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Qatarning "Al-Sadd" klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini Italiya terma jamoasiga yana qaytishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Jannaro Gattuzo Bosniya va Gertsegovinaga qarshi pley-off finalida mag‘lubiyatga uchrab, jamoani Jahon chempionatiga olib chiqa olmaganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda.

Calciomercato ma’lumotiga ko‘ra, 61 yoshli mutaxassis asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Manchini avval ham (2018–2023 yillar) "Skuadra Adzurra"ni boshqargan va jamoa bilan Evro-2020da g‘olib chiqqan, shuningdek 37 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan.

Hozirda u "Al-Sadd" klubini boshqarmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida mahalliy chempionat peshqadami bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!