Kevin de Bryuyne "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olishiga ishonmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne o‘zini "Oltin to‘p"ga munosiblar qatoriga qo‘shmoqda.
"Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olishimga hali vaqtli deb o‘ylamayman. Shunchaki o‘z ustimda ishlashda davom etishim va o‘zimning eng optimal jismoniy holatimni namoyish etishim kerak.
Unvonni kim qo‘lga kiritishi oldindan ayta olmayman, ammo men buni qo‘lga kiritishga juda yaqinman.
"Oltin to‘p" xar bir futbolchi uchun motivatsiya beradi, biroq men uchun eng muhimi jamoamning yutuqlari.
So‘nggi ikki uch yil ichida kuchli 30 likdagi nomzodlar qatoriga kiritildim, lekin hozir men bu unvonni qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi holatdaman", - deydi de Bryuyne.

Fikrlar