Keylor Navas ertaga PSJ futbolchisiga aylanadi

  • 28 avgust, 2019, 23:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas PSJga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

La Nación nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kosta-rikalik posbon o‘zining “qirollik klubi”dagi holatidan norozi va shu bois boshqa jamoaga o‘tishgma majbur bo‘lmoqda. U bugun jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan uchrashdi. Frantsiyalik mutaxassis garchi uni qo‘yib yuborishni xohlamayotgan bo‘lsada, suhbat yakunida unga omad tiladi.

So‘nggi xabarlarga qaraganda Navas ertaga, ya’ni 29 avgust kuni Parijga etib boradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tib, PSJ bilan shartnoma imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!