Keylor Navas hech qanday raqobatdan qo‘rqmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Keylor Navas yangi mavsum oldidan jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani va jamoadagi o‘rnini hech kimga berish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

“Men “Real”da qolaman va har qanday raqobatchi bilan kurashishga tayyorman. Zidan menga ishonch bildirgani uchun undan minnatdorman”, – dedi Kosta-Rika termasi posboni.

Qayd etish kerakki, Ispaniya matbuoti  “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea, “Milan” posboni Janluiji Donnarumma va “Chelsi” a’zosi Tibo Kurtuani “Real” bilan bog‘lab kelayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!