Keyn faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Angliya terma jamoasi va "Bavariya"ning markaziy hujumchisi Harri Keyn faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqida Touchline xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yulduz to‘purar kelasi yozda nemis grandini tark etishi mumkin. Hujumchi Ispaniya La Ligasida o‘ynashni xohlaydi. Keyn o‘z xizmatlarini Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga taklif qildi. Harri mavsum oxirida klubni tark etadigan polshalik Robert Levandovski o‘rniga kelishi mumkin.
32 yoshli golleadorning transfer narxi 65 million evroni tashkil etadi. Ingliz futbolchisining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar