Keyn Kamavinganing qizil kartochkasiga baho berdi

  • 16.04.2026 14:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasi chorak finali javob bahsida "Real"ga qarshi oʻyinda (4:3) Eduardo Kamavinganing maydondan chetlatilishi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida Kamavinga raqib yarim maydonida Keynga nisbatan qoidabuzarlik qildi va hakam hushtagidan keyin ham toʻpni raqibga bermadi. Shu vaziyat uchun bosh hakam unga ikkinchi sariq kartochkani koʻrsatib, maydondan chetlatdi.

— Menimcha, bu hech qanday shubhasiz qizil kartochka. Ikki oʻyinni hisobga olsak, gʻalabaga loyiq boʻlgan tomon biz edik.

Shuningdek, "Real"ning goli ham hisobga olinmasligi kerak deb oʻylayman, chunki oʻyin boshida Ryudiger Laymerga nisbatan qoidabuzarlik qilgan, ammo bu vaziyat qayd etilmagan, — dedi Keyn.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!