
Keyn Konte haqida zo‘r gap aytdi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn italiyalik mutaxassis Antonio Konte qo‘l ostida qanday harakat qilayotgani haqida gapirdi.
"Konte - fantastik murabbiy", - dedi Keyn Evening Standard nashriga bergan intervyusida.
Angliyalik futbolchi "Tottenxem"da o‘zini ajoyib his qilishini va Konte bilan ishlash uning o‘yiniga yangi kuchlar olib kelganini sezganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "shporlar" joriy mavsum yakuniga qadar Chempionlar ligasi zonasiga chiqish uchun kurashishga ahd qilgan.
Ayni damda “Tottenxem” APL turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Ularni 4-o‘rinda borayotgan “Arsenal”dan bor yo‘g‘i 3 ochko ajratib turibdi.
Fikrlar