Keyn A Seriya grandi safiga o‘tishi mumkin

  • 11.03.2020 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus"klubi "Tottenxem" forvardi Xarri Keynning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tuttosport nashrining yozishicha turinliklar angliyalik hujumchi oldingi jiziqda Krishtianu Ronalduga yaxshi tandem bo‘lishiga ishonishmoqda. "Tottenxem"ning katta ehtimol bilan EChL yo‘llanmasidan quruq qolishini inobatga olgan holda Keyn ham ushbu taklifga rozilik bildirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Keyn joriy mavsum "Tottenxem" safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!