Osiyoda to‘p tepish osonmas: Keynning mazasi qochdi, Son Xin Min hushidan ketdi! 

  • 12 iyul, 2022, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Janubiy Koreyada o‘tkazayotgan “Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte mashg‘ulotlar vaqtida kutilmagan muammoga duch keldi.

Tecno

Seuldagi stadionda o‘tkazilgan mashqlar yuklamasi oqibatida bir necha futbolchining mazasi qochdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Tottenxem” o‘yinchilari 30 daraja issiq ob-havo sharoitida shug‘ullangan. Konte o‘z shogirdlariga maydon bo‘ylab 42 marta yugurishni buyurgan.

Birinchilardan bo‘lib, “Tottenxem”ning asosiy to‘purari Harri Keynning mazasi qochib, ko‘ngli aynidi. O‘z yurtidagi haroratga dosh berolmagan Son Xin Min hushidan ketib qoldi.

“Tottenxem” yig‘in davomidagi birinchi uchrashuvini 13 iyul kuni o‘tkazishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!