Kichkina klub Messi, Mbappe va Neymarning ustidan kuldi

  • 12.03.2023 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing navbatdagi turida Germaniyaning amaldagi chempioni “Bavariya” o‘z maydonida “Augsburg” ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqa jadvalining quyi qismida joylashgan “Augsburg” bu natija haqida ajoyib axborot berdi. Klub vaziyatdan foydalanib, PSJ yulduzlari Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymarning ustidan kuldi.

Matbuot  xizmati bu uch futbolchi suratini nol raqami bilan joyladi va ularning yoniga o‘z o‘yinchisining rasmini 3 raqami bilan qo‘ydi.

Bu orqali “Augsburg” matbuot xizmati jahon futboli yulduzlari Chempionlar Ligasi doirasida ikkita o‘yinda “Bavariya” darvozasiga yo‘l topa olmaganini, o‘z futbolchilari esa, bir o‘yinda myunxenliklar darvozasini uch marta ishg‘ol qilganini ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!