
Kikboksing bo‘yicha "Uzbekistan open" xalqaro turnirining professional janglari oldidan “face to face” marosimi o‘tkazildi (fotogalereya)
Joriy yilning 30 iyun 3 iyul kunlari poytaxtimizdagi Yunusobod sport majmuasida kikboksing bo‘yicha an’anaviy Uzbekistan open ochiq turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan Xalqaro turnirda bir qator xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar xam o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishmoqda.
Toshkent shahri mezbonlik qiladigan musobaqada 22 mamlakatdan 2000 ga yaqin moxir kikboks ustaslari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan sportchilar jami 220 ta vazn tofasida shiddatli jang olib borishmoqda. «Kikboksing sport turining tatami, ring, professional, ko‘rgazma kabi 7 ta yo‘nalishi bor. «Uzbekistan open» xalqaro turniri 6 ta ya’ni point fighting,lite contact, , kik lite, lou kik, ful contact, K1 yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.
Turnir davomida professional janglar ham o‘tkaziladi. 3 iyul kuni 4 ta jang bo‘lib o‘tadi va unda yurtimiz nomidan 4 nafar sportchi professional yo‘nalishda kurash olib boradi. Bugun ushbu professional janglar oldidan vazn o‘lchash va “face to face” marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quyida ushbu marosimdan olingan eng sara fotosuratlarni tomosha qiling:

























Fikrlar