Kilian Mbappe "Benfika"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydimi?
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe chap tizzasidagi jarohatdan keyin tiklanishni davom ettirayotganiga qaramay, 24 fevral, seshanba kuni mashg‘ulotni muddatidan oldin to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, forvardning 25 fevral, chorshanba kuni UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etishi katta savol ostida qolmoqda. Ta'kidlanishicha, tizzasidagi og‘riq hali ham bezovta qilayotgani sabab klub, ehtimol, futbolchiga dam berishni ma'qul ko‘rmoqda.
Shuningdek, “qirollik klubi” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Mbappening o‘yinda qatnashishi bo‘yicha qarorni bir kunga kechiktirish tarafdori ekani aytilmoqda. Bu holatda, fransuz hujumchisining Lissabon klubiga qarshi maydonga tushish ehtimoli oshishi mumkin.
Fikrlar