Kim g‘alaba qozonadi, "Manchester Yunayted" yoki "Manchester Siti"? Boks yulduzi Aleksandr Usik javob berdi

  • 14 dekabr, 2024, 15:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda WBA, WBC, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) Angliya Premer-ligasining qaysi jamoasida o‘ynamoqchiliigini va Manchester derbisida kim g‘alaba qilishini aytdi.

Tecno

"Agar Premer-liga jamoasida o‘ynash imkoni tug‘ilsa, MYu ni tanlagan bo‘lardim. Sababi shu klub muxlisiman. To‘g‘ri, 15 dekabr kungi o‘yinda "Manchester Siti" favorit. Biroq men "Manchester Yunayted" ni qo‘llab-quvvatlayman" - deya ukrainalikning so‘zlarini keltirdi "Sky Sports".

Eslatib o‘tamiz, Usik keyingi jangini 21 dekabr kuni Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazadi. "Qizil iblislar" va "shaharliklar" o‘rtasidagi bahs esa ertaga Toshkent vaqti bilan 21:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!