
Kim g‘olib bo‘ladi, Aleksandr Usik yoki Tayson Fyuri? Sobiq jahon chempioni javob berdi
Sobiq jahon chempioni Xorxe Linares og‘ir vaznda WBA, WBO va WBC yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik va Tayson Fyuri jangi uchun o‘z prognozlarini berdi.
"Men Usikning g‘alabasiga yuz foiz ishonaman. Ularning so‘nggi qarama-qarshiligini ko‘rdim. O‘shanda Fyuri biroz qo‘rqib ketganday tuyuldi. Shu bois bo‘lajak jang Usikning ajoyib nokauti bilan yakunlanishi mumkin, deb o‘ylayman. Yani u 5-6 raundda g‘alaba qozonadi. Men ushbu to‘qnashuvni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Linares "AB BOXING NEWS" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usik (22-0, 14 KO) va Fyuri (31-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar