
Kim g‘olib bo‘ladi, Chimaev yoki Uittaker? Maks Xollouey javob berdi
Yarim engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Maks Xollouey sobiq UFC chempioni Robert Uittaker va Xamzat Chimaev jangi uchun prognoz berdi.
"Uittaker yuqori jangovor IQ ga ega va "stoyka" da kuchli bo‘lgan yigilardan biri. Bahs 5 raund bo‘lishini hisobga olib, Robertning imkoniyatini yuqori baholayman. Chunki Xamzat 3-raunddan so‘ng charchab qolishini hammamiz ko‘rganmiz. Agar bu to‘qnashuv to‘liq davom etsa, avstraliyalikning g‘alaba qozonishi aniq", - deya Xolloueyning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania".
Eslatib o‘tamiz, Robert Uittaker va Xamzat Chimaev jangi 26 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar