Kim haq? Shomurodov masalasida "Jenoa" muxlislari ikkiga bo‘lindi!

  • 26 yanvar, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov o‘zbekistonlik futbol muxlislari uzoq vaqt kutgan Evropaning kuchli beshlik chempinoatlarida o‘z o‘rnini topib, o‘zbek futboli salohiyatini namoyon eta oladigan hozircha yagona futbolchimiz hisoblanadi.

Tecno

Qolgan o‘yinchilarimizni kamsitmagan holda shuni ta’kidlash lozimki, ayni paytda evropalik skautlar e’tiborini torta oladigan boshqa futbolchimiz ko‘zga ko‘rinmayapti. O‘zbekistonlik charm to‘p ustalari uchun Evropa bu Rossiya va Belarus bo‘lib qolmoqda. Hatto Rossiya chempionatidagi legionerlarimiz ham yuqori ligada jamoalarida o‘ziga joy ochishga qiynalmoqda.

O‘zbekiston futbolchilarining bozori Janubiy Koreya va arab mamlakatlari bo‘lib qoldi. Tailand, Indoneziya, Malayziya kabi davlatlarga yo‘l olayotgan vakillarimizni o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan futbolchilar, deb e’tirof etolmaymiz.

Shomurodov “Jenoa”da yaxshi o‘ynayapti. Har holda ikkita murabbiy davrida ham boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi ekanini isbotlab qo‘ydi. Imkon qadar jamoa gollarida ishtirok etmoqda, himoyaga yordam beryapti, xullas, qo‘lidan kelganini qilmoqda.

131920275_4147684845242404_7931899221743243619_o_1

“Jenoa” muxlislari Eldor Shomurodovning o‘yinini baholashda ikkiga bo‘linib qolganini ta’kidlash lozim. Aksariyaga o‘zbek legionerining xatti-harakatlari ma’qul kelmoqda. Biroq, Eldordan ko‘proq natija, gol va samara kutayotgan ashaddiy muxlislar ham kam emas. Ular orasida Shomurodovni tanqid qilayotganlari ham topiladi.

E’tiboringizga italiyalik muxlislarning Eldor Shomurodov haqidagi salbiy va ijobiy munosabatlarni havola etamiz.

Luana Corradino:

Hozir Mattia Destro va Goran Pandev safga qaytganidan keyin, Shomurodovni o‘ynatishda biror mantiq ko‘rmayapman. Bu o‘yinchi yarim yil davomida o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olgani yo‘q.

Alhaji Bello: (Luana Corradino izohiga javoban)

Fikringga qo‘shilaman. 14 ta o‘yinda 2 ta gol juda kam. Destro 16 ta bahsda 7 ta to‘p kiritdi.

Simone Zurro: (Alhaji Bello izohiga javoban)

Futbolchining maydondagi funktsiyalari faqat gol urish bilan cheklanmaydi. Shomurodov gol urishdan tashqari ham jamoaga juda ko‘p yordam beryapti. “Kalyari” bilan bo‘lgan o‘yinda sizlar maqtayotgan Destroning gol urishi uchun barcha ishni Shomurodov amalga oshirib berdi.

Alessandro Fusco (Simone Zurro fikriga javoban)

“Kalyari” bilan bo‘lgan bahsda Eldor bir juft qulay vaziyatni ham yo‘qqa chiqarib, gol ura olmadi. Uning yutuqlari o‘yinda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklarini yopa olmaydi.

130705889_4124083170935905_5884464407364843743_o_1

Manuela Leli:

Eldorga yana vaqt kerak. U ko‘p foyda keltiryapti. Yaqinda o‘zi ham ko‘p gol ura boshlaydi.

Alessandro Paffi:

Shomurodovda yaxshi o‘ynab ketish uchun imkoniyat etardi. Hali mavsumning yarmi oldinda.

Gianluca Pertoso:

Keyingi paytda Shomurodov gol urish mumkin bo‘lgan ko‘p vaziyatlarni barbod qilyapti. Agar shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanganida golli soni Destronikidan ko‘p bo‘lardi. Menimcha, Shomurodov markaziy hujumchi ampluasiga to‘g‘ri kelmayapti. U qanotdan hujum uyushtirishi kerak.

Alex Rossi:

Shomurodov juda ko‘p mehnat qilyapti. Lekin hujumda raqib darvozasiga etarlicha xavf sola olmayapti.U o‘z imkoniyatlaridan unumliroq foydalanishi kerak.

136408860_4200333049977583_658990084632388806_o

Hurmatli muxlislar, Eldor Shomurodovning o‘yini borasida sizning fikringiz qanday?

Shomurodov – “Jenoa”ning yashirin qahramoni!

“Jenoa”ga g‘alaba keltirgan golli vaziyatni Shomurodov yaratdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
26/01/2021 10:49
Элдорнинг харакати ва жамоага келтираётган фойдаси яхши лекин хужумчи яхши бахоланиши учун гол уриши керак. Гол уришда эса Элдорнинг шунчаки омади чопмаяпти. Кейинги ўйинларда Элдор майдонга чиқишдан олдин омад билан ярашиб дўстлашиб чиқса хаммаси биз кутгандек бўлади. Ва танқид қилаётганлар хам олқишлашни бошлашади. Шу ўринда мен хам Элдорга чин дилдан омад тилайман.
Даврон Курбанов
26/01/2021 10:37
Shomurodov genoaning gollarini yuzaga keltirishda katta yordam berayapti.
Дилшод Даврлнов
26/01/2021 10:13
Элдор аник зарбани мукаммалаштир Жарима майдонидаги аник зарбаларни аник голи зарба булишига харакат кил Сен зур уйнаяпсан факат ГОЛ уришинг керак Сенга ОМАДОМАДОМАД ГОЛГОЛГОЛ
Mirshohid Mirvohidov
26/01/2021 21:06
Italiyaliklar to'g'ri aytmoqda 14ta oyinda 2ta gol hujumchi uchun kamlik qiladi, samaradorlik,sovuqqonlik, aniq zarbalar yetishmayapti, shu ustida ko'proq ishlasa agar, u superklublardan biriga o'tishi aniq
Mirshohid Mirvohidov
26/01/2021 21:06
Italiyaliklar to'g'ri aytmoqda 14ta oyinda 2ta gol hujumchi uchun kamlik qiladi, samaradorlik, aniq zarbalar yetishmayapti, shu ustida ko'proq ishlasa agar, u superklublardan biriga o'tishi aniq
Sardor Sayfullayev
26/01/2021 12:42
Jenoani Benzemasi boʻlib qolmasa yaxshi!
Doniyor Kuldoshov
26/01/2021 12:23
Элдордан ҳар ўйинда бир гол кутаман. Агар шуни кейинги ўйинларида йўлга қўйса, АПЛ клублари қизиқиши табиий...

Бу дегани Дунё нигоҳи билан юзма-юз келиш...

Ман ЖЕНОА деган клубни ўйинларини кўрмас эдим, фақат АПЛ эди. Энди Элдор бошқа клубларга ўтиб кетгунча ЖЕНОА мухлиси бўлиб қолмасам бўлгани.