Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Kim IBF chempioni bo‘ladi: Mozes Itaumami yoki Filip Hrgovich?

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Eddi Hirn o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn 21 yoshli britaniyalik iste'dodli bokschi Mozes Itauma hamda Xorvatiya vakili Filip Xrgovich bahsi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Itaumaning promouteri Frenk Uorren da'vogarlardan biri Frenk Sanches bilan kelishib, aqlli yurish qildi. Shartnomaga ko‘ra, Mozes va Xrgovich to‘qnashuvi g‘olibi Sanchesga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu bahsda kim g‘olib bo‘lishini bilmayman. Biroq 29 avgust kungi jang haqida gapiradigan bo‘lsam, Itauma unda yaqqol favorit. U og‘ir vaznda IBF chempioni bo‘ladi", — dedi Hirn.

Eslatib o‘tamiz, Mozes Itauma va Filip Xrgovich qarama-qarshiligi 29 avgust kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q