Klaudio Raneri: A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash oxirigacha davom etadi
"Roma" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi kuchli to‘rtik uchun kurash oxirgi turlargacha davom etishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, rimliklar ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turishibdi. Ularni 4-o‘rinda borayotgan “Milan”dan bir ochko ajratib turibdi.
“Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash oxirgi turlargacha davom etadi. Chunki, barcha jamoalar hozir yaxshi formada. Bu Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyatdir”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar