Klopp Azarni tanladi

  • 7 noyabr, 2021, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘z darajasini yo‘qotgan Eden Azar avvalgi jamoasi – “Chelsi”ga o‘tishdan ko‘ra, Madridda qolishni ma’qul topgandi.

Tecno

Endi unga “Liverpul” og‘iz sola boshladi. Yurgen Klopp belgiyalik yulduzning salohiyati to‘liq ochilmaganiga ishonmoqda va uning yangi qirralarini kashf etishga tayyorligini bildirdi. Germaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, Azarning jismoniy holatida kamchilik yo‘q, uning muammolari psixologik tomondan bo‘lyapti.

Bundan tashqari, Klopp Azar “Real” etakchisi bo‘lishga tayyor emasligini va uning o‘yin uslubiga Angliya futbolchi mos kelishini aytmoqda.

Joriy mavsumda Azar 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas oshirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!