Klopp ketma-ket 2-marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

  • 11 oktabr, 2019, 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasida o‘tgan sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Germaniyalik mutaxassis o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra  Frenk Lempard («Chelsi»), Brendan Rojers («Lester») va Eddi Xau («Bornmut») kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi. Ta’kidlash kerakki, u avgust oyida ham ushbu sovringa loyiq ko‘rilgan edi.

Ma’lumot uchun, Klopp boshchiligidagi “Liverpul” o‘tgan oy premer-liganing o‘tgan barcha 3 ta uchrashuvida g‘alaba qozondi va hozircha musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Komol Omon
11/10/2019 23:40
Зор клопп