
Klopp Koutinoni "Xoffenxaym"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi
Xabaringiz bor ertaga UEFA Chempionlar ligasi saralashining pley-off bosqichi dastlabki uchrashuvida “Liverpull” va “Xoffenxaym” jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi.
Mersisaydliklar rasmiy saytining ma’lum qilishicha Filippe Koutino ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan. Quyida Yurgen Kloppning ushbu bahsga tanlagan tarkibi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Minole, Karius, Uord;
Himoyachilar: Matip, Lovren, Klavan, Gomes, Aleksander-Arnold, Moreno, Robertson, Flenagan;
Yarim himoyachilar: Xenderson, Veynaldum, Djan, Milner, Gruyich, Mane, Salax;
Hujumchilar: Firmino, Origi, Solanke, Kent.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniyaning “Barselona” klubi Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qilmoqda.
Fikrlar