
Klopp "Lids"ga uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 14-turi doirasida "Lids"ga uchralgan alamli mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Shubhasiz, bu katta muvaffaqiyatsizlik. Bunday himoyalanish xato edi. Shu sababli biz mag‘lub bo‘ldik.
Hisobni tenglashtirdik. Ammo negadir bu ishonchimizni qaytara olmadi. O‘yinni nazorat qilishga urindik. Lekin uddalay olmadik.
Elliott ajoyib o‘ynadi. Keyin esa o‘yinni davom ettira olmadi. Tiago kasal bo‘lib qolgandi. Oldingi chiziqda bir xil futbolchilar harakat qilmoqda. Ulardan boshqa hujumchi bizda hozir yo‘q. Kurashishimiz kerak. Asosiysi shu.
Yigitlar harakat qilishdi. Yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgandik. "Lids"ning ikkinchi goli bu biz uchun omadsizlik. Oldinroq bizda ham xuddi shunday vaziyat bo‘lgandi. Farqi undan unumli foydalana olmaganimizda", - dedi "qizillar" bosh murabbiyi.
Fikrlar