Klopp "Liverpul"dan ketmaydi

  • 13 fevral, 2023, 16:34
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoadan ketishi haqidagi savollarga javob berib o‘tdi. 

"Menimcha, odamlar bundanda qiyin davrlarimizni unutishmagan. Hali jamoadan ketmayman. Menda katta ma’suliyat bor va ishlashda davom etishni xohlayman.

To‘g‘ri, hozir bizda qiyin davr. Buni tan olaman. Muxlislar menga ishonishsa, biz birgalikda buni engamiz. 

G‘alabalarda men jamoaning bir qismiga aylanaman. Mag‘lubiyatda esa hamma ayb menda. Vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, ma’suliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Ammo muxlislardan ham ishonishlarini so‘rab qolaman", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumoti o‘rnida, bugun "Liverpul" APL 23-turi doirasida "Everton"ga qarshi bahs olib boradi. "Mersisayd derbisi" tungi soat 01:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!