Klopp “Liverpul”ga Saloҳ o‘rniga zo‘r futbolchi topib berdi

  • 31.03.2026 11:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp klub kelajagini kuzatishda davom etmoqda va tarkibni kuchaytirish boʻyicha oʻz takliflarini maʼlum qildi.

The Sun maʼlumotiga koʻra, nemis mutaxassisi klub rahbariyatiga murojaat qilib, “RB Leyptsig” jamoasining ivuarik hujumkor futbolchisi Yan Diomandeni sotib olishni tavsiya etgan.

Kloppning fikricha, 23 yoshli futbolchi mersisaydliklarni tark etish niyatini bildirgan Muhammad Salohning ideal oʻrinbosari boʻlishi mumkin.

Manbaga koʻra, Diomande Bundesligada mavsum kashfiyoti sifatida oʻzini koʻrsatdi va u bir vaqtlari Salohni jahон futboli yulduziga aylantirgan sifatlarni namoyon etmoqda.

Klopp yosh oʻyinchining juda yuqori tezlikka egaligi, yakkama-yakka vaziyatlarda himoyachilarni aldash qobiliyati va oʻng qanotdan markazga kirib kelib, samarali harakat qilish xususiyatiga ishonadi.

Joriy mavsumda Diomand “RB Leyptsig” safida 29 ta oʻyinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!