
Klopp "Liverpul"ning yangi himoyachisi haqida: U – bo‘lajak jamoa sardori
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi himoyachisi O‘zan Kabak haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘zan Germaniyaga ancha yosh vaqtida kelgan. Uning ulkan iste’dodi barchaga ayon edi. U bor-yo‘g‘i 20 yoshda va "Shalke"da, o‘zining ikkinchi klubida to‘p surdi. Afsuski, klub hozir yomon ahvolda. Har bir futbolchiga barqaror jamoa kerak, biz unga shunday imkoniyatni taklif qilishimiz mumkin.
Barqaror jamoa shakllantira olamiz. U o‘z o‘rnida o‘ynashi mumkin. Kabak 20 yoshda va maydonda xatosiz o‘ynashga majbur emas.
Devid Vagner ("Shalke" sobiq murabbiyi) Kabak bo‘lajak sardor ekanligini ta’kidlagandi. U kuchli xarakter egasi", - deydi Klopp.
Fikrlar