Klopp: Mavsumni "Manchester Siti"ga qarshi boshlashdan ko‘ra yaxshiroq yo‘l bormi?!

  • 29 iyul, 2022, 19:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ertangi Angliya superkubogi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U o‘tgan safargi APLdagi raqobat, yangi mavsum starti haqida gapirdi. 

Tecno

"Har bir mavsum oxirida keyingisini intiqlik bilan kutasiz. Ammo tanaffus bunchalik tez tugamasligiga ham umid qilasiz. 

"Liverpul" uchun mavsumni "Manchester Siti"ga qarshi boshlashdan ko‘ra yaxshiroq yo‘l bormi?! Bu odatdagidek shiddatli va murosasiz o‘tishi kutilgan bahs va menimcha, ishonch oqlanadi.

O‘tgan mavsum APLda "poyga" yaratib berganimiz juda qiziqarli bo‘ldi. Bu bizga ajoyib kayfiyat bag‘ishladi.

Ertangi bahs oldidan hech qanday va’da bera olmayman. Biroq shunisi aniqki, superkubokda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!