Klopp murabbiylikka qaytib, "Real"ni boshqarmoqchi

  • 17 aprel, 18:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

"UOL"ning xabar berishicha, "Liverpul"ning sobiq murabbiyi Red Bull tashkilotidagi futbol yo‘nalishi rahbari lavozimidan qoniqmayapti. Shu bilan birga, Klopp yaqinlarining ta’kidlashicha, nemis mutaxassisni faqat "Real Madrid" va Braziliya milliy terma jamoasi variantlarigina qiziqtirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Braziliya futbol konfederatsiyasi Kloppni milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash masalasini ko‘rib chiqmagan. Ushbu lavozimga eng ehtimoliy nomzodlar sifatida Karlo Anchelotti va Jorji Jezush ko‘rsatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!