
Klopp nega zo‘r futbolchilarni qo‘yib yuborganini oshkor qildi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozgi transferlar vaqtida asosiy o‘yinchilardan Fabino va Jordan Xenderson Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganiga munosabat bildirdi.
- Bu futbolchilar menga shaxsan murojaat qilib, klubdan ketishlariga ruxsat berishimni iltimos qilishdi.
Saudiyaliklar ularga va’da qilgan sharoitlarni aytishganidan keyin ularni ushlab qolish uchun imkoniyatimiz yo‘qligini tushunib etdim.
Saudiya Arabistoni klublarining moliyaviy imkoniyatlarini aqlbovar qilmaydi. Men hali pul bilan futbolni qanday o‘zgartirish mumkinligini anglab etganim yo‘q. Balki nimalardan boshqacha tus olar, - dedi Yurgen Klopp.
Fikrlar