Klopp Shakirining agenti bilan futbolchining kelajagi haqida gaplashib oldi

  • 17 yanvar, 2020, 10:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Jerdan Shakiri bilan xayrlashish niyatida emas. Bu haqida Liverpul shaxri nashrlari xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassis futbolchining agentiga yanvarda shogirdini boshqa klubga qo‘yib yubormasligini aytib, transfer ishlariga kirishmaslikni tavsiya qilgan.

Shakiri joriy mavsumda barcha turnirlarda liverpulliklar safida o‘nta o‘yinda maydonga tushgan. APL bahslarida esa oltita o‘yinda bitta gol kiritishni uddaladi.

Oldinroq, "Liverpul" Shakirini ijaraga olish bo‘yicha "Roma"ning taklifini rad etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!