Klopp sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi 4-turining eng katta sensatsiyasi "Aston Villa" - "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etildi. "Villa Park" egalari o‘z uyida amaldagi chempionlarni 7:2 hisobida taslim etdi. Shov-shuvli mag‘lubiyatdan so‘ng, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp BBC Sport nashriga intervyu berdi:

"Uchrashuv so‘ngida qayd etilgan hisobga ishondimmi? Ha, chunki shu erda edim. Avvalo, "Aston Villa"ni kuchli va chiroyli o‘yini bilan tabriklashimiz kerak. Ular jismoniy va taktik jihatdan bizdan kuchliroq o‘yin namoyish etdi. Aqlli futbol o‘ynadi.

Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ammo 7 ta gol o‘tkazib yuborar ekansan, hisob 7-7 bo‘lishi mumkin edi, deyishga haqqing yo‘q. Biz qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. To‘pni juda noto‘g‘ri joylarda oldirib qo‘ydik va raqib qarshi hujumlaridan to‘g‘ri himoyalana olmadik. 

0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrash fojia emas. Sen o‘zingni qo‘lga olishing va o‘z o‘yiningni namoyish etib, tarozi pallasini o‘z tomoningga og‘dirib olishing zarur. Biz esa, xatolardan xulosa chiqarish o‘rniga ularni bot-bot takrorladik. Ayb yoki menda, yoki hammada", - dedi nemis mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!