Klub o‘z tarixida ilk bor Bundesligadan chiqib ketdi

  • 26.05.2026 17:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning “Volfsburg” klubi  o‘z tarixida birinchi marta Bundesligadan chiqib ketdi. Bu “Paderborn 07” jamoasiga qarshi pley-offning javob uchrashuvidan keyin sodir bo‘ldi.

Oliy diviziondagi joy uchun o‘tkazilgan pley-offning dastlabki uchrashuvida hisob ochilmagan edi. Javob o‘yinida quyi liga vakili “Paderborn 07” futbolchilari “bo‘rilar”ni qo‘shimcha taymdagi gol evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Statistika ekspertlarining ma’lum qilishicha, endi “Volfsburg” 1997 yildan beri ilk marta ikkinchi Bundesligada ishtirok etadi. O‘shanda “bo‘rilar” turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab, “Kayzerslautern”ga yetakchilikni boy bergan bo‘lsa-da, Germaniya oliy divizioniga chiqqan edi.

“Volfsburg” o‘z tarixida bir martadan Germaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. Jamoaning evrokuboklardagi eng yuqori natijasi — 2015/2016 yildgi mavsumda Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqish hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!