
Klubini o‘zgartirayotgan Shomurodovning transfer summasi ma’lum
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning keyingi jamoasi deyarli ma’lum.
“Foot Mercato” nashri jurnalisti Santi Auna o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, futbolchining keyingi manzili “Bolonya” bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan. Transfer keyinchalik 11 million evro evaziga sotib olish sharti bilan ijara asosida amalga oshiriladi.
Oldinroq Eldorga Italiyaning bir qancha klublari va Angliyaning “Vulverxemton” jamoasi ham qiziqish bildirgan edi. Biroq tomonlar Shomurodovning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum A seriya doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar