Klyuyvert Premer-ligaga yo‘l oldi

  • 21.06.2023 23:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Roma" futbolchisi Jastin Klyuyvertning keyingi manzili APL bo‘lishi mumkin. Uni "Bornmut" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi, deya xabar berdi Di Martsio.

Niderlandiyalik vingerning transferi uchun APL klubi 10 million evro to‘laydi. Klyuvertning o‘zi allaqachon "Bornmut"ga o‘tishga rozi bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Jastin 2018 yili "Ayaks"dan "Roma"ga ko‘chib o‘tgan. Shundan keyin "Leyptsig", "Nitstsa" va "Valensiya" klublarida ijara asosida o‘ynadi. Uning "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!