Kolumbiya "JCh-2026" oldidan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Raqiblardan biri — Osiyo qitʼasidan

  • 16.05.2026 19:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiya milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan tayyorgarlik yig‘ini doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

Janubiy amerikaliklar dastlab 29 may kuni Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng, 7 iyun sanasida Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuvlar bosh murabbiy Nestor Lorenso uchun bo‘lajak mundial oldidan futbolchilarning jismoniy va taktik holatini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!