Kolumbiyalik futbolchi O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi

  • 18.06.2026 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatining guruh bosqichi doirasidagi uchrashuvdan so‘ng Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Gustavo Puerta O‘zbekiston ustidan qo‘zonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

U FIFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida murabbiy undan doim himoyada yanada agressiv o‘ynashni va imkoniyat bo‘lishi bilan hujumga o‘tishni talab qilishini aytdi. Puertaning ta’kidlashicha, u ushbu o‘yinda o‘z vazifasini munosib bajargan, jamoadoshlari ham maydonda katta hajmda ishlagan.

- Bu jahon chempionatidagi ilk golli uzatmamni amalga oshirganimdan juda xursandman, — deya qo‘shimcha qildi yarim himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekistonni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va "K" guruhida yagona peshqadamga aylandi. Keyingi turda kolumbiyaliklar Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Afrika vakili birinchi turda Portugaliyaga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!