Kompani "Liverpul" himoyachisini jamoasida ko‘rmoqchi

  • 12 iyun, 2024, 15:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchining transferiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompanining shaxsan o‘zi 27 yoshli markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rahbariyatdan so‘ragan. Gomesning transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda. Futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, APLning 2023/2024 yilgi mavsumida Gomes 32 ta o‘yinda maydonga tushib,  bitta golli uzatmani uzatmani amalga oshirdi va 5 ta sariq kartochka oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!