Konate: "Bekor qilingan penalti o'yin taqdirini o'zgartirishi mumkin edi"

  • 15.04.2026 17:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate Chempionlar ligasi chorak finali javob bahsida PSJga qarshi uchrashuvda Aleksis Mak Allisterga ishlangan penalti bekor qilinmasligi kerak edi, deb hisoblaydi.

Mersisaydliklar mazkur o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ilk bahs ham huddi shu hisobda yakunlangandi. 64-daqiqada hisob 0:0 bo‘lib turgan vaqtda "Liverpul" 11 metrlik jarima zarbasini ishlash imkoniga ega bo‘ldi.

Vaziyatda Aleksis Mak Allister raqib jarima maydonida Vilyan Pacho bilan to‘qnashuvdan keyin yiqildi va bosh hakam Mauritsio Mariani dastlab penalti belgiladi. Biroq VAR tavsiyasidan so‘ng monitor oldiga borgan hakam qarorini o‘zgartirib, penalti bekor qildi.

Uchrashuvdan keyin Konate ushbu epizod haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Menimcha, bu toza penalti edi. Men hakamning orqasida turgan edim va vaziyatni yaxshi ko‘rdim. Agar biz o‘sha penalti tepib, gol urganimizda, o‘yin butunlay boshqacha tus olishi mumkin edi", — dedi Konate "Amazon Prime Video"ga bergan intervyusida.

Bu qaror "Liverpul" muxlislari va jamoa a'zolari orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!