
Konferentsiyalar Ligasi. "Roma" yirik g‘alaba bilan boshladi, Shomurodovdan ikki assist!
Evropa Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Roma" va TsSKA Sofiya jamoalari ishtirokidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur baxsda rimliklar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar 10-daqiqada tezkor gol urishga erishdi. Keri o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan 15 daqiqada o‘tib, "bo‘rilar" sardori Pellegirini super goli bilan javob qaytardi.
Bellashuvning 38-daqiqasida Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Stefan El-Shaaravi "Roma"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.
Bahsning 62-daqiqasida Pellegrini dublini rasmiylashtirdi. Keyinchalik Manchini va Abraxam ham raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Temmining goliga legionerimiz assistentlik qildi.
Fikrlar