Konor MakGregor: "Eddi Xirn, tezda bu jangni tashkil qil!"
Professional boksning ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida faoliyati yuritgan, britaniyalik Karl Froch (33-2,24 KO) Konor MakGregorni (22-6) jangga chorladi.
"Ularning xech qaysi biri boksni tushunmaydilar, shunday emasmi? Men ular uchun juda ham katta va kuchlilik qilaman. Jeyk Pol bilan jang qilish uchun bir qo‘limni o‘zi etadi. Konor menga kichik muammo yaratishi mumkin. Lekin u juda ham maydalik qiladi. Men unga qarshi jangga xatto tayorgarlik ko‘rishim ham shart emas. Agar, Konorga karshi oktagonga chiqadigan bo‘lsam, ko‘proq ishlashim kerak. Chunki bu oktagon va MMAda qiyin holatga tushib qolishim mumkin. Ammo, men baribir bu jangni qabul qilaman. Chunki Konor juda ham kichik", dedi Froch.
O‘z o‘rnida Konor ham unga javob qaytardi.
- Eddi Xirn, tezda bu jangni tashkil kil!
Fikrlar