Konor Makgregor: "Hukumatlar erkinligimiz gaykalarini borgan sari qattiqroq burayotgan dunyoda, Pavel Durov Telegram ortida ular bilan jang qilmoqda!"
Irlandiyalik UFC yulduzi Konor Makgregor Telegram asoschisi Pavel Durov haqida gapirdi.
"Hukumatlar erkinligimiz gaykalarini borgan sari qattiqroq burayotgan dunyoda, Telegram ortida turgan engilmas kuch - Pavel Durovga respekt! U haqiqiy jangchi. Pavel – foydalanuvchi ma'lumotlarini sotishdan bosh tortgani uchun Rossiyadan quvilgan, maxfiylik va so'z erkinligi tamoyillari asosida imperiya qurgan va hozirda Yevropa Ittifoqining innovatsiyalarni jazolaydigan imkonsiz qoidalari bilan "maxfiylikka qarshi urush"ni fosh qilayotgan shaxs. U bizni ogohlantiradi: bizda erkin internetni yalpi kuzatuv va tsenzura dahshatidan qutqarish uchun tobora kamroq vaqt qolmoqda. Hatto Fransiyada hibsga olinib, erkinlik forumlaridagi chiqishlari to'sib qo'yilganidan keyin ham u qat'iy turib, zararli kontentni olib tashladi, printsiplardan voz kechmadi. Durov, sen afsonasan. Sen aziz do'stim va sodiq birodarimsan. Men sen bilan 100% birgaman!" – dedi MMA ustasi.
Eslatib o'tamiz, Pavel Durov 2014 yil aprel oyida hukumatning ukrainalik foydalanuvchilar va namoyishchilar haqidagi ma'lumotlarni topshirish talablarini bajarishdan bosh tortgani uchun Rossiyadan chiqarilgandi.
Fikrlar