Konor MakGregor "Tilla bola" ning chorlovini qabul qildi

  • 8 may, 2020, 10:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Professional boks bo‘yicha uch vazn toifasidagi sobiq chempion, amerikalik “Tilla bola” nomi bilan mashhur Oskar De La Xoya UFC sobiq chempioni Konor MakGregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi boks jangi haqida keskin fikr bildirdi.

Tecno

"Menga oktagonda Konor MakGregor yoqadi. Uni bu borada hurmat qilaman. Ammo boks ringi boshqa narsa! Meyvezer va MakGregor... Ikkalangiz ham boksni hurmat qilmaysiz”,- deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Sun.

Shuningdek, 47 yoshli De La Xoya  12 yil oldin faoliyatini yakunlaganiga qaramay, ikki raundda boks qoidalari bo‘yicha MakGregorni nokautga uchratishi mumkinligini aytdi.

Bu bayonot irlandiyalikni ham befarq qoldirmadi va u o‘z Twitter sahifasida,  "Men sizning chorlovingizni qabul qilaman, Oskar de la Xoya,",- deb izoh qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!