Konstantin Korotkov xotira turniri. Bilolbek Mirzarahimov mezbon bokschiga imkon qoldirmadi

  • 12.05.2019 13:48
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Rossiyaning Xabarovsk shahrida Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bilolbek Mirzarahimov hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Ivan Stupinga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangning uchinchi raundida raqib olgan jarohatlari natijasida bahsni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va shu tariqa Bilolbek delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Abrorjon Qodirov (-52 kg) yaponiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Oldinda esa Laziz Mullajonov (91+ kg) ishtirokidagi final jangi kutib turibdi. Hamyurtimiz chempionlik uchun misrlik Mustafo Rezkka qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!