
Konte: Neymarning transferidan so‘ng oddiy futbolchining narxi 40-50 mln funt bo‘lib qoladi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte “Barselona” hujumchisi Neymarning 222 mln evro evaziga PSJga o‘tgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Neymar dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb o‘ylayman. Albatta, odatda bunday futbolchilar faoliyatini bir jamoaga bag‘ishlashadi. Agar ular jamoasini o‘zgartirishni istashsa, u holda siz mana bunday summani qabul qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak.
Endi odddiy futbolchi uchun ham 40-50 mln funt sarflashga to‘g‘ri keladi. Agar siz eng zo‘r futbolchini sotib olishni istasangiz, u holda ko‘proq pul sarflashingiz kerak.
Bu murakkab va qiyin masala. 200 million funt bu juda katta pul. Agar PSJning bunga qurbi etsa, nega endi buni qilmasligi kerak”, - deydi italiyalik mutaxassis Goal internet nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar