Konte: "Sabr qilish kerak"

  • 05.11.2021 12:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte Konferentsiyalar ligasi doirasida "Vitess"ga qarshi bo‘lgan o‘yin borasida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda London klubi 3:2 hisobida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

"Menimcha, butun jamoa va har bir futbolchi uchun ko‘p narsalarni yaxshilashi lozim. Bizga biroz sabr kerak. Sababi, taktika va futbolchilarning jismoniy holat ustida ko‘p ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, futbolchilar mening talablarimni tushunishlari uchun vaqt talab etiladi. 

Men ishdan qo‘rqmayman va mehnat qilish orqali maqsadlarga erishish mumkinligini bilaman", - dedi Konte. 

Eslatib o‘tamiz, "Vitess"ga qarshi bahs italiyalik mutaxassis uchun "shporlar" murabbiylik postida debyut uchrashuv bo‘ldi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!