
"Konya-2021". Sarvar Zafarjonov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Islom birdamlik o‘yinlarida yana bir medal naqd qilindi.
Og‘ir atletikachimiz Sarvar Zafarjonov -89 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarning dast ko‘tarish mashqida 167 kg natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. Hozircha vakilimiz eng yaqin ta’qibchisini 5 kgga ortda qoldirmoqda.
Bungacha Adhamjon Ergashev hamda Muhammadqodir Toshtemirov ham shohsupaning birinchi pog‘onasini band etgandi.
Fikrlar