Ko‘p gol uradigan hujumchini Angliyada kutishmoqda
“Benfika”da porlayotgan Darvin Nunes tez orada Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
22 yoshli hujumchini premer-ligada qolish uchun kurashayotgan “Nyukasl” xarid qilmoqchi. Aslida bu o‘yinchi uchun Evropaning bir necha klublari xarajat qilishga tayyor. Biroq mablag‘ masalasida saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan “qarg‘alar” bilan hech kim raqobat qila olmaydi.
“Nyukasl” to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan o‘yinchi uchun 50 million evro tikishga tayyor. “Benfika” uchun bu juda katta summa hisoblanadi va ular bu transferga to‘sqinlik qilmaydi.
Nunes joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar